O‘zbekiston OO‘Yuda kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 1-avgust ertalabki soat 8:30da O‘zbekistonning barcha oliy o‘quv yurtlarida kirish test imtihonlariga start berildi. Qayd etish joizki, bu yil oliy ta'lim muassasalariga 57, 9 ming yigit va qizlar o‘qishga qabul qilinadi.
Davlat test markazi ma'lumotlariga ko‘ra, bu yil mamlakat OO‘Yuga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 663,2 mingdan ortadi.
Shu bilan, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha bitta o‘ringa 11-12 nafar abituriyent da'vogarlik qilmoqda.
Ta'kidlash joizki, Termiz Davlat universiteti eng ommabop oliy ta'lim muassasasi nomiga sazovor bo‘lgan. Unga, 37676 abituriyent hujjat topshirgan. OO‘Yu orasida eng kam tanlangani Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi ekaniga oydinlik kiritilgan. Jami 227 nafar yoshlar ushbu maktab talabasi bo‘lishni orzu qilmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona bo‘limi tanlov eng yuqori bo‘ladigan OO‘Yu hisoblanadi. Uning 135 ta talabalik o‘rniga 3352 kishi kurashadi. Bu bir o‘ringa o‘rtacha 24,83 abituriyent to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Barcha abituriyentlarga o‘zlari tanlagan oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirib olishni tilaymiz!
Mavzuga oid
16:48 / 04.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun imtihonlarning yagona narxlari belgilanadi
17:32 / 08.08.2024
Davlat imtihonlarida qancha abituriyent 189 va undan yuqori ball olgani ma’lum qilindi
18:54 / 01.08.2024
“O‘lib-tirilib testlarga tayyorlangandik” – bir guruh abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligini sudga bermoqchi
07:08 / 23.07.2024