Rossiya Qozog‘istonga 170ta zenit raketasi taqdim etish jarayonini yakunlamoqda
Rossiya 170 donadan ortiq zenit raketalarini Qozog‘istonga topshirish bo‘yicha ro‘yxatga olish jarayonini yakunlamoqda. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa vazirligiga asoslangan holda RIA Novosti xabar berdi.
"Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy-texnik hamkorlik doirasida Qozog‘istonga 5ta S-300 zenit-raketa majmualari taqdim etilgan. Bundan tashqari, Rossiya tomoni ushbu majmualar uchun 170dan ortiq raketalarni ro‘yxatga olish jarayonini tamomlamoqda", — deyiladi xabarda.
2015 yildan Rossiya-Qozog‘iston harbiy texnik hamkorligi shartnomasi ishga tushib, uning doirasida Qozog‘iston Qurolli kuchlari Rossiya armiyasiga beriladigan narxlarda zamonaviy qurol-aslahalar olish imkoniga ega bo‘ldi.
Xususan, Su-30SM qiruvchi samolyotlari, Mi-171Sh va Mi-35 harbiy-transport va jangovar vertolyotlari, radiotexnik razvedka hamda kuzatuv vositalari, boshqa turdagi qurollar Rossiyaning o‘z armiyasiga belgilagan narxda yetkazib beriladi.