Yaponiya bosh vaziri KXDR raketa sinovi sabab hushyor turishga buyruq berdi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, KXDR ballistik raketa parvozini o‘tkazgani tufayli, hushyor bo‘lish va har qanday kutilmagan oqibatlarga tayyor turishga buyruq berdi, deb xabar qilmoqda NHK telekanali.
Sindzo Abe vazirlarga ko‘rsatmasida, ushbu sinov haqida imkon qadar ko‘proq ma'lumot to‘plash va shay turish lozimligini ta'kidlagan. Shu munosabat bilan, Yaponiya hukumati huzurida favqulodda shtab tashkil etilgan.
Yaponiya mudofaa vazirligi xabar qilishicha, Shimoliy Koreyaning ballistik raketani uchirishidan biron zarar yetgani to‘g‘risida ma'lumot mavjud emas. «Yonxap» agentligi manbasining so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya harbiylari ballistik raketa parvozi masofasini aniqlagan. U ming kilometrni tashkil etgan.
Shuningdek, «Kiodo» axborot agentligining xabar qilishicha, Yaponiya hukumati KXDRga ballistik raketa parvozidan noroziligini bildirgan.
Mavzuga oid
10:30 / 24.09.2024
Rossiya samolyoti bir kunda Yaponiya havo chegaralarini uch marta buzdi
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
18:21 / 19.09.2024