Jahon | 21:55 / 03.08.2016
9655
1 daqiqa o‘qiladi

Dubayda samolyotni o‘chirish vaqtida o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi

Google image

Dubay xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan Emirates aviakompaniyasining samolyotini o‘chirish vaqtida o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda Gulf News nashri.

Xabarda ta'kidlanishicha, Boeing 777 samolyotidagi 282 yo‘lovchi va ekipajning 18 nafar a'zosidan hech kim halok bo‘lmagan.

"Biroq biz boshqalar hayotini qutqarib qolaman deb bir o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lganini taassuf bilan aytishga majburmiz", deb aytildi xabarda.

Hindistondan kelayotgan samolyot Dubayda qo‘ngandan keyin yonib ketgan. Guvohlarning aytishicha, samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga urinib fyuzelyajining pastki qismi bilan qo‘ngan.

Avvalroq BAAda ushbu holat yuzasidan tergov boshlangani ma'lum qilingandi.