Jahon | 22:40 / 03.08.2016
11745
1 daqiqa o‘qiladi

OAV Dubayda Boeing’ning falokatga uchrashi sabablarini ma'lum qildi

Foto:businessclass.no

Dubay aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan Emirates aviakompaniyasi samolyoti ikkinchi aylanaga ketmoqchi bo‘lgan, biroq kerakli balandlikka ko‘tarila olmagan, deb xabar bermoqda ekipajning dispetcherlar bilan suhbatidan olingan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda The Aviarion Herald.

Ta'kidlanishicha, samolyot bortida hech qanday favqulodda hodisa yuz bermagan, ekipaj 1,2 km balandlikka uchish haqidagi ko‘rsatmani olgandan keyin dispetcher keyingi samolyotga ikkinchi aylanaga ketishni aytgan va qutqaruv xizmatlarini chaqirtirgan.

Samolyot kerakli balandlikka ko‘tarila olmagach, samolyotni fyuzelyajga qo‘ndirishga qaror qilingan. Samolyot fyuzelyajga qo‘ngandan keyin yonib ketgan.