Afg‘onistonga sayohat qilgan 10 nafar xorijlik halok bo‘ldi
Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot provinsiyasida sayyohlarga hujum uyushtirildi, natijada 10 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi. Bu haqida mahalliy hukumat vakili Farhod Qadimiy Sinxua agentligiga ma'lum qilgan.
“Bugun ertalab Chishti-Shafif tumani bo‘ylab harakatlanayotgan xorijiy sayyohlardan iborat ikkita mikroavtobus qurollangan kishilar hujumiga duch keldi. Buning natijasida 10 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi”, - deya ma'lum qildi Qadimiy.
Sayyohlar Bamian provinsiyasidan Hirotga qarab ketayotgan bo‘lishgan, ularning ba'zilari Afg‘oniston xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qutqarilgan.
Mahalliy politsiya tergov ishlarini boshlab yubordi. Halok bo‘lganlarning qaysi davlat fuqarolari ekanligi haqida hozircha ma'lumot berilmadi.
Mintaqadagi hech bir radikal guruh hozircha hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmadi.
Mavzuga oid
17:13 / 25.12.2024
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi
17:10 / 25.12.2024
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024