AQSh neft zaxiralari qisqarishi ortidan neft qimmatlashmoqda
4-avgust kungi savdolarda qora oltin narxi ko‘tarilmoqda. Bunga, AQSh energetika vazirligining mamlakatdagi benzin zaxirasi sezilarli kamaygani to‘g‘risidagi axboroti sabab bo‘lmoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 9:44 da Brent rusumli neft aralashmasining oktabr oyi fyuchersi uchun bir barreli 0,46 foizga qimmatlashib, 43,30 dollarga baholandi. WTI neftining bir barreli sentabr oyi fyuchersi uchun 0,76 foizga qimmatlashgan va bir barreli 41,14 dollardan sotilgan.
AQSh energetika vazirligi xabariga ko‘ra, mamlakatdagi tijoriy neft zaxirasi kutilmaganda 1,4 million barrelga ortib, 522,5 million barrelga yetgan. Tahlilchilar, bu raqamning pasayishini taxmin qilishgan edi.
Shunga qaramay, sarmoyadorlarning e'tiborini boshqa hisobot tortgan. Xususan, AQShdagi benzin zaxirasi o‘tgan haftada 3,3 million barrelga kamayib, 238,2 million barrelga tushgan. Ekspertlar esa, bu borada 0,2 million barrel qisqarishini aytishgandi. Shunga ko‘ra, ko‘plab sarmoyadorlarning AQShdagi yonilg‘i zaxirasi ko‘pligi borasidagi xavotirlari o‘z tasdig‘ini topmagan.
Mavzuga oid
22:03 / 22.09.2024
Tramp debat o‘tkazish haqidagi Harris taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024