Jahon | 13:58 / 04.08.2016
12391
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istondagi neft bazasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi neft bazasida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga 100 nafar kishi jalb qilindi. Bu haqida Qozog‘iston IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining rasmiy vakili Ruslan Imonqulov ma'lum qilgan.
“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Janubiy Qozog‘istondagi “Munay” neft bazasida 8ta yoqilg‘i sisternasi hamda nasos urish bekatida chiqqan yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda”, - deya mu'lum qildi Imonqulov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “o‘chirish ishlariga 100 nafar yong‘in xavfsizligi xodimi va 20ta texnika jalb qilingan”.
Imonqulovning aytishicha, yong‘in sodir bo‘lgan joyga olovni bartaraf qilish uchun yordamchi poyezd yuborilgan.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
09:13 / 27.09.2024