Amerikalik pokemonlarni ovlash uchun dunyo bo‘ylab sayohat qildi
Nyu-York shahri fuqarosi Nik Jonson (Nick Johnson) Pokemon GO o‘yinidagi barcha maxluqlarni ovlash uchun dunyo bo‘ylab sayohat qilishdan ham tap tortmadi. U, safari chog‘ida ilovadagi barcha pokemonlarni topishning uddasidan chiqqan. O‘yinda jami 145ta pokemon bo‘lib, shimoliy amerikalik o‘yinchilar ularning 142tasini ovlay olishadi, deb xabar qilmoqda Mashable.
Jonsonning pokemonlari to‘plamidagi eng so‘nggisi Kangasxan bo‘lib, uni ovlash uchun Nik Sidneyga parvoz qilgan. Bu maxluqni Avstraliya va Yangi Zelandiyadagina topish mumkin. Amerikalikning tan olishicha, Kangasxanni topishda unga mahalliy fuqarolar yordam bergan.
Nik Yevropada sargardon yuruvchi Janob Maymni Parijda ovlagan bo‘lsa, Hongkongga borganida Farfetchda Jonsonning oviga tushgan. Bundan tashqari, u pokemonlarni ovlash chog‘ida Tokioga ham safar qilgan.
Uning qayd etishicha, o‘yinda hanuzgacha, barcha pokemonlar mavjud emas. Xususan, Pokemon GO o‘yiniga Ditto, Myu va Myutu joylashtirilmagan. Jonsonning fikricha, ishlab chiqaruvchilar ularni keyinroq o‘yinga qo‘shishadi.
Mavzuga oid
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
23:10 / 24.10.2024
2024 yilda chet elga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
11:00 / 09.10.2024
Amerikalik ayol bor mulkini sotib, orzusidagi sayohatga chipta olgandi. Ammo unga kemaga chiqish taqiqlandi
16:26 / 08.10.2024