Sport | 11:54 / 06.08.2016
14411
3 daqiqa o‘qiladi

Bugun o‘zbekistonlik 7 sportchi Riodagi ishtirokini boshlaydi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri qabul qilayotgan 31-yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman ochildi. Bugun, 6 avgustdan boshlab sportning 14 turida musobaqalar bo‘lib o‘tdi va dastlabki medallar egalari aniqlanadi. Bugun bo‘lib o‘tadigan ayrim sport turlari bo‘yicha 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda ishtirok etadi.

Stol tennisi
Zohid Kenjayev chexiyalik Lubomir Yancharik bilan saralash bahsida ishtirok etadi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. 

Boks
60 kg.gacha bo‘lgan vaznda qatnashadigan bokschimiz Xurshid Tojiboyev saralash bosqichidagi dastlabki jangini qatarlik Hakan Ereskerga qarshi o‘tkazadi. Ushbu jang 01:45da bo‘lib o‘tadi. 

Dzyudo, 60 kg.
Olimpiadaning dastlabki kunida bizda medal qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud. Dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida eng yengil vazn (-60kg.) toifasida Diyorbek O‘rozboyev bugun bahslarda ishtirok etadi. U 1/32 final bosqichida avstraliyalik Joshua Kattsga qarshi gilamga chiqadi. Bu bahs 19:15da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Hamyurtimiz unda g‘alaba qozonsa, nimchorak finalda Lenin Presiado (Ekvador) / Lyudovik Chammartin (Shveytsariya) juftligiga qarshi tatamiga chiqadi. Dzyudoda ayollar bugun 48 kg, erkaklar 60 kg. vaznda medallar sohiblarini aniqlashadi.

Akademik eshkak eshish
Sportchimiz erkaklar o‘rtasidagi yakkalak bahslarining saralash bosqichida ishtirok etadi. U uchinchi guruhda startga chiqadi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Uning starti 16:50ga belgilangan. 

Suzish, 100 m, brass
Brass uslubida 100 metrga suzishda hamyurtimiz Vladislav Mustafin o‘z ishtirokini boshlaydi. Sportchimiz saralash 3-guruhda o‘tkazadi va 1-yo‘lakchadan suzishni amalga oshiradi. U yaxshi natija qayd etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. 

Suzish, 400 m. kompleks
Ra'noxon Omonova bugun 400 metrga kompleks uslubda suzish bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etadi. Hamyurtimiz 2-saralash guruhining 5-yo‘lakchasiga joylashtirilgan. U saralash yaxshi natija qayd etsa, final yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Final bahslari ham bugun bo‘lib o‘tadi. Saralash bahslari 18:32da boshlanadi. 

Sport gimnastikasi
Anton Fokin bugun birdaniga 6ta snaryadda mashqlarni bajaradi. Kun yakunida eng ko‘p ochko jamg‘argan sportchilarga medallar topshiriladi. Shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha eng ko‘p ochko to‘plagan 8 nafardan sportchilar keyinchalik alohida yo‘nalishlar bo‘yicha final bahsida ishtirok etib, medallar uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bugungi bahslar Toshkent vaqti bilan 22:30da start oladi.

Manba: stadion.uz

Mavzuga oid