Eron Pokemon GO o‘yinini taqiqlagan birinchi mamlakat bo‘ldi
Eron Islom Respublikasi hukumati xavfsizlik nuqtai-nazaridan Pokemon GO o‘yinini taqiqladi, deb xabar qilmoqda BBC News. Ushbu qaror mamlakatning internetdagi faolligini nazorat qiluvchi, virtual kenglik bo‘yicha Oliy kengashi tomonidan qabul qilingan.
Ammo, o‘yinning qaysi jihati mamlakat va fuqarolari xavfsizligiga tahdid solayotganiga oydinlik kiritilmagan. Rasmiy Tehron taqiqni joriy etishdan avval, ilovani ishlab chiqqanlar, ular bilan naqadar hamkorlik qilishga tayyorliklarini o‘rganib chiqqan.
Eron hukumati boshqa qator mamlakatlar bilan birga, Pokemon GO o‘yinining xavfsizligi borasida xavotirlarini bildirgan edi. Bundan avval, Saudiya Arabistoni diniy ulamolari Pokemon GO o‘yiniga qarshi fatvo bergan edi.
Mavzuga oid
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
11:10 / 17.09.2024
Toshkent va Xorazmda O‘zbekiston-Eron biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi
22:54 / 16.09.2024