O‘zbekiston | 19:20 / 07.08.2016
16153
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways samolyoti dvigateldagi muammo tufayli Pulkovo aeroportiga qayta qo‘ndi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Boeing-757 rusumli samolyoti Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi. 

RIA Novosti agentligi xabariga ko‘ra, Sankt-Peterburgdan Farg‘onaga yo‘l olgan samolyotning dvigateli ishdan chiqqan

Samolyot kapitani nosozlikni aniqlab, Pulkovo aeroportiga qaytishga qaror qildi va 9 marta aeroport ustida aylanib favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

Samolyot bortida 179 kishi bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, samolyot havoga ko‘tarilganida qattiq ovoz eshitilgan.

"Soat 16:32da samolyot aeroportga qayta qo‘ndi", deyilgan manbada.

Samolyot yoqilg‘ini sarflab yuborish uchun qo‘nishni kutish hududida ma'lum vaqt uchib yurishiga to‘g‘ri kelgan. So‘ngra u aeroportga beshikast qo‘ngan. Yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan.