Jamiyat | 15:38 / 10.08.2016
11459
2 daqiqa o‘qiladi

10 yil avval vafot etgan Maykl Stefenning yuragi to‘yi kuni qiziga hamrohlik qildi 

Maykl Stefen 10 yil avval vafot etgan bo‘lsa-da, uning bir qismi Pittsburgda yashovchi qiziga to‘y kuni hamrohlik qildi? Qanday qilib deysizmi? Vafotidan so‘ng uning yuragi Nyu-Jyersida istiqomat qiluvchi Artur Tomasga ko‘chirib o‘tkazilgan. Stefenning qizi Jyeni Stefen Menner uchun otasining ruhini  saqlab qolish muhim ahamiyatga ega edi. 

Yurak transplantatsiyasi o‘tkazilgandan keyin Jyeni va Tomas ota-bola sifatida iliq munosabatlar o‘rnatishgan. Shu bois Jyeni 6 avgust kuni Sankt-Anselmdagi cherkovda bo‘lib o‘tgan to‘y tantanasiga Tomasni taklif qildi. Otasining yuragi ko‘chirib o‘tkazilishi natijasida omon qolgan Tomas bu taklifga rozi bo‘ldi. 

To‘y kuni Tomas Jyenini mehrobga kuzatib qo‘ydi va qiz o‘zining sevimli insoni Polga turmushga chiqdi. Tomas hattoki ota va qiz raqsida ham ishtirok etdi. 

"Bu haqiqatdan ham hayotimdagi eng yaxshi kun bo‘ldi", - deb yozadi Jyeni Facebook'dagi sahifasida. "Otamni uyimga olib kelish va uning to‘yimda ishtirok etishi mening azaliy orzuim edi, nihoyat orzuim amalga oshdi!".

Ushbu to‘ydan keyin Jyeni va Tomasning hikoyasi virus kabi tarqaldi. 

"Agar men donorlikka doir birgina kishining fikrini o‘zgartira olgan bo‘lsam ham, istagim amalga oshganidan o‘zimni baxtiyor his qilgan bo‘lardim", - deb yozadi Jyeni Facebook tarmog‘ida.