Jamiyat | 17:43 / 11.08.2016
20581
2 daqiqa o‘qiladi

Obamaning qizi otasining obro‘siga putur yetkazmoqda

AQSh prezidenti Barak Obamaning to‘ng‘ich qizi Maliyaning o‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan Lollapalooza festivalida o‘ralgan sigaret chekayotgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Bu haqida Mirror nashri ma'lum qildi

Prezidentning 18 yoshli qizi ota-onasi ishtirok etgan Demokratik partiya s'yezdida nima uchun qatnashmagani endi ma'lum bo‘ldi - u ona shahri Chikagodagi festivalda ishtirok etgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va suratlarda Maliyaning giyohvand modda chekkanligi aniqlangan. 18 yoshli Jyerrdin Seluin AQSh saytlaridan biriga Obamaning qizi chekayotganligi aks etgan surat va videolarga ega ekanligi haqida ma'lum qilgan.

"Men Maliyani giyohvand modda chekayotganiga guvoh bo‘ldim. Buni isbotlash uchun dalillarim ham bor. Marixuananing hidi shundoqqina dimoqqa urilardi", - deya ta'kidladi Seluin. 

Agar guvohning gaplari rost bo‘lsa, bu Obamalar oilasidagi birinchi bunday holat emas. Barak Obama ham yoshligida marixuana chekkanini tan olgan va buning yaxshilikka olib kelmasligi haqida farzandlariga uqtirganini aytgan. 

"Men qizlarimga buning yaxshilikka olib kelmasligini va vaqtni bekorga sarflashdan boshqa narsa emasligini aytganman", - degan Obama. 

Mavzuga oid