Jahon | 22:09 / 13.08.2016
9002
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko maslahatchisi rossiyalik sportchilar bilan suratga tushgan ukrainalik sportchilarni tanqid qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning maslahatchisi Yuriy Biryukov Ukraina terma jamoasi sportchilarini ular instagramda Olimpiadada rossiyalik sportchilar bilan birga tushgan suratlarini chop etgani uchun keskin tanqid qildi.    

12 avgustda ukrainalik gimnast Oleg Vernyayev rossiyalik gimnast Nikita Nagorniy bilan birga suratga tushib, uni Instagram’dagi sahifasida chop etgandi. 

Biryukovning aytishicha, "bunday ukrainalik sportchilarga" Rioga borish uchun ajratilgan pullarni Ukraina qurolli kuchlari byudjyetiga yo‘naltirish lozim edi.  

Bundan avvalroq rossiyalik tennischi Andrey Kuznetsov instagramda Rossiya va Ukraina terma jamoasi sportchilarining birgalikda tushgan suratini chop etib, unga "Aslida biz do‘stmiz" deb izoh bergandi.

Keyinroq sportchi ushbu suratni o‘chirib tashlagandi.

7 avgustda Ukraina yoshlar va sport vaziri Igor Jdanov Riodagi ukrainalik sportchilarga rossiyalik jurnalistlar bilan gaplashmaslikni tayinlagandi.