Sport | 09:50 / 13.08.2016
18236
2 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016: 12 avgust bahslarida O‘zbekiston sportchilaridan kim zafar quchdi, kim mag‘lub bo‘ldi?

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarining 12 avgust kungi bahslarida O‘zbekiston sportchilari quyidagi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazishdi:

Bektemir Meliqo‘ziyev. Boks.

Rio-2016 olimpiadasida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev (-75) avstraliyalik Levis Daniyelga qarshi ringga chiqdi. Batafsil.

Abdulla Tangriyev. Dzyudo.

Rio Olimpiadasining dzyudo bahslarida +100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan dzyudochi, 35 yoshli Abdulla Tangriyev braziliyalik Rafael Silvaga qarshi bronza medali uchun jangda tatamiga chiqdi. Batafsil.

Yekaterina Xilko. Batutda sakrash.

O‘zining beshinchi olimpiadasida ishtirok etayotgan Yekaterina Xilko batutda sakrash bo‘yicha saralash bosqichida imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi. Batafsil.

Yekaterina Voronina. Yettikurash.

Yengil atletikaning yettikurash musobaqasida sportchilar ikkinchi yo‘nalishda o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. Atletlarda balandlikka sakrash sektorida mashqlarni bajarishdi. Batafsil.

Xurshid Tojiboyev. Boks.

Boks bo‘yicha musobaqalari chorak finalida -60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Xurshid Tojiboyev mezbonlar vakili Robson Konseysanga qarshi ringga ko‘tarildi. Batafsil.

Hasanboy Do‘stmatov. Boks.

Rio-2016 olimpiadasida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Hasanboy Do‘stmatov (-51 kg) yarim final jangini amerikalik Fernandes Niko Anxelga qarshi o‘tkazdi. Batafsil.

Sitora Xamidova. 10000 metrga yugurish.

Olimpiada—2016 musobaqasida 10 000 metr masofaga yugurish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bahslar o‘tkazildi. Batafsil.

Yodgoroy Mirzayeva. Boks.

-51 kg vazn toifasida qatnashgan Yodgoroy kanadalik tajribali raqibi Bujold Mandiga qarshi jang o‘tkazdi. Batafsil.