Sport | 04:00 / 13.08.2016
23150
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-2016, boks. Bektemir Meliqo‘ziyev avstraliyalik bokschini yengib, chorak finalga chiqdi
Rio-2016 olimpiadasida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev (-75) avstraliyalik Levis Daniyelga qarshi ringga chiqdi.
Jang o‘zbekistonlik bokschining to‘liq ustunligida o‘tdi va u 3ta raundni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. (3-0 – 30:27, 30:26, 30:27)
Chorak finalda Bektemir Meliqo‘ziyev hindistonlik Krishan Vikasga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 16 avgust kuni o‘tkaziladi.