Sport | 20:54 / 13.08.2016
18978
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-2016. Shahram G‘iyosov yarim finalda
Rio—2016 olimpiadasi doirasida 69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahram G‘iyosov 1/4 final bahsida ringga ko‘tarildi.
U kubalik raqibi Roynel Iglesiasni 3 raundlik jang natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi va finalga chiqdi. Yakuniy natija — 3:0 (30:27, 29:28, 29:28).
Shahram G‘iyosov 1/16 finalda ispaniyalik Yuba Sissokoni, 1/8 finalda esa litvalik Eymantas Stanyonisni mag‘lub etishgandi.
U terma jamoa uchun yana bir medalni naqd qildi.
G‘iyosovning keyingi raqibi amaldagi jahon chempioni marokashlik Muhammad Rabiy bo‘ladi.