Sport | 14:09 / 17.08.2016
9168
1 daqiqa o‘qiladi

Floyd Meyvezer faoliyatini davom ettira olmasligini ma'lum qildi

Foto: EPA

Barcha vazn toifalari bo‘yicha jahonning kuchli bokschilaridan biri, AQShlik bokschi Floyd Meyvezer-kichkina faoliyatini qayta tiklamasligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda u TASSga ma'lum qilgan.

OAVda Meyvezer-kichkina va aralash jang ustasi Konor Makgregor o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar tarqatilgan edi. Amerikalikning sobiq raqibi, filippinlik Menni Pakyao faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ydi va joriy yilning 5 noyabr kuni Jyessi Vargasga qarshi jang o‘tkazadigan bo‘ldi.

"Mennining qaytayotganligini bilaman, lekin bu men haqimda emas, - dedi Meyuezer. – Men 20 yil umrimni shu ishga bag‘ishladim va yana unga qaytishni istamayman. Hozirda mening vazifam iste'dodli bokschilarni qo‘llab-quvvatlashdir, aslo qaytish emas".

Mavzuga oid