Jahon | 19:06 / 18.08.2016
12809
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston mustaqilligi tantanalarida ishtirok etganlar o‘qqa tutildi

Afg‘oniston mustaqilligi munosabati bilan mamlakat sharqida o‘tkazilgan tantanalar fojia bilan yakunlandi. Tolibon jangarilarining o‘qqa tutishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 40dan ortiq odam tan jarohati olgan, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi mahalliy hukumatga tayangan holda. 

Hodisa Kunar viloyatidagi Asadobod shahridagi anjuman vaqtida yuz bergan. 

""Tolibon" jangarilari bayram bo‘layotgan joyga uchta raketa uchirgan, shundan so‘ng 3 kishi qurbon bo‘lgan, 41 nafar odam jarohatlangan", — degan viloyat rahbari Vohidulla Kalimzay.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yaralanganlar orasida uch nafar politsiya xodimi, bolalar va qariyalar ham bor. Ular, Afg‘onistonning Buyuk Britaniyadan mustaqilligining 97-yillik tantanalarida ishtirok etayotgan bo‘lganlar. 


 

Mavzuga oid