Jahon | 09:28 / 19.08.2016
12396
1 daqiqa o‘qiladi
Xarkovda prezident Poroshenkoning tashrifiga ko‘rilgan tayyorgarlik internetda muhokama bo‘lmoqda
Obodonlashtirish xizmatlari xodimlari,Ukraina prezident Pyotr Poroshenkoning tashrifi munosabati bilan Xarkov filarmoniyasi hovlisidagi asfaltni qora tusdagi bo‘yoq bilan bo‘yashdi. Bu haqda, «Gromadske» kanali Tvitter sahifasida e'lon qilgan.
«Bizga bo‘yanglar deyishdi – biz bajaramiz», — degan ishchilardan biri jurnalistlarning bergan savoliga.
Boshqa bir ishchi esa, suhbatga aralashib, asfaltni mustahkamlash uchun uni bo‘yash lozimligini ta'kidlagan.
Filarmoniya xodimlari o‘z navbatida bu jarayonga izoh berishdan bosh tortishgan.
Mavzuga oid
21:24
Rossiya xavfsizlik kuchlari Ukrainaga qarshi urushdan bosh tortgan harbiyni Qozog‘istondan o‘g‘irlab ketdi
20:10
Rossiya qo‘shini Vuhledarni qurshab olmoqda. Bu katta strategik ahamiyatga ega shahar sanaladi
16:32
Tver oblastidagi qurol omborlarining ukrain dronlari hujumidan keyingi ko‘rinishi e’lon qilindi
21:41 / 23.09.2024