Sport | 18:47 / 19.08.2016
9583
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, erkin kurash. Abbos Rahmonov saralash bosqichida tajribali raqibiga yutqazdi

Bugundan erkaklar o‘rtasida erkin kurash musobaqalari boshlandi. Ilk saralash bahsi o‘zbekistonlik sportchi ishtirokida bo‘lib o‘tdi. 

57 kg. vaznda Abbos Rahmonov kubalik Yovlis Bonne Rodrigesga qarshi kurashdi. 32 yoshda bo‘lgan tajribali raqib kurashchisi birinchi bo‘limning o‘zidayoq 10 ochko qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi va bellashuvni muddatidan avval o‘z foydasiga hal qildi. 

Shu tariqa 18 yoshli sportchi Rio-2016 olimpiadasini tark etdi.

Mavzuga oid