Jamiyat | 15:26 / 20.08.2016
34796
2 daqiqa o‘qiladi

Besh yoshli qori tarixi

Besh yashar Husayn Muhammad Tohir ko‘zi ojiz bo‘lib dunyoga keldi. Biroq har bir sog‘lom ko‘z egasi qodir bo‘lmagan ishni Allohning marhamati ila sodir etishga muvaffaq bo‘ldi. Muhammad Tohir ko‘zi ojiz bo‘lsa-da, radio orqali Qur'oni karimni tinglab, uni qalbiga joyladi. Bu haqda muxlis.uz sayti yozmoqda.

Husayn Muhammad Tohirning otasi farzandi televizor ko‘rishga imkoniyati yo‘qligi sababli radio tuhfa qilgani hamda kun davomida beto‘xtov Qur'oni karim tilovati beriladigan radio to‘lqinini qo‘yib bergani haqida aytib o‘tdi. Husayn Muhammad Tohir uch yil radio orqali Qur'oni karimni to‘liq yod olishga muyassar bo‘ldi.

Jiddadan Madinaga o‘z otasi bilan birga borgan Muhammad Tohir otasidan Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning masjidlariga olib borishni iltimos qiladi. Otasi agar farzandi Baqara surasining dastlabki oyatlarini tilovat qilib bersa, olib borishini aytdi. Husayn Muhammad Tohir Baqara surasini boshidan oxirigacha yoddan tilovat qilib beradi.

Hozirda Muhammad Tohir Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning masjidlaridagi ko‘zi ojiz bolalarga Qur'oni karimni o‘rgatuvchi guruhning a'zosi hisoblanadi.

Mavzuga oid