Hasanboy Do‘smatov: «Professional boksga o‘tishimga hali bor»
Rio-de-Janeyro Olimpiadasida 49 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘stmatov Janubiy Afrikaning Golden Gloves promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.
Bundan avvalroq ESPN telekanalida Do‘smatov Golden Gloves bilan professional shartnoma imzolagani haqida aytilgandi. Yosh bokschi bu axborotda zarracha haqiqat yo‘qligini aytdi.
«Adashib yozishgan. Golden Gloves bilan ham, boshqa promouterlik kompaniyalari bilan ham shartnoma tuzmadim. Umuman taklif ham, muzokara ham, hech narsa bo‘lmagan», — degan u.
U nashr muxbirining savoliga javoban shunday degan: «Professional boksga o‘tishimga hali erta».
Qayd etish joizki, Do‘stmatov chempionlikka erishganidan keyin bergani ilk intervyusida ham 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida unvonini himoya qilmoqchiligi haqida aytgandi.
Hasanboy Do‘stmatov professional shartnoma imzoladi
Mavzuga oid
17:22 / 23.12.2024
Husanov – yilning eng yaxshi yosh sportchisi, Do‘smatov va Keldiyorova yilning eng yaxshi sportchilari. «Milliy sport mukofoti-2024» g‘oliblari e’lon qilindi
20:26 / 09.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlariga qo‘ng‘iroq qildi
01:59 / 09.08.2024
Hasanboy Do‘smatov – ikki karra Olimpiada chempioni!
10:33 / 08.08.2024