Sport | 09:54 / 22.08.2016
59576
3 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016 kundaligi. Oxirgi kunda olingan medallar va yakuniy reyting

Rio-de-Janeyro olimpiadasi yakunlandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi olimpiadaning oxirgi kunida 2ta oltin va 2ta bronza medalga ega bo‘ldi va jami medallari sonini 13taga yetkazib (4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza), umumiy reytingda 21-o‘rinni egalladi.

Olimpiada 5 avgust kuni start olgandi, asosiy musobaqalar Rio-de-Janeyro shahrida kechdi, faqat futbol bo‘yicha o‘yinlar turli shaharlarda o‘tkazildi.

Bu ilk marta Janubiy Amerika qit'asining Olimpiadaga mezbonlik qilishi bo‘ldi. Bu shuningdek 1968 yildagi Mexiko Olimpiadasidan keyin Lotin Amerikasi mamlakatida ilk marta Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi bo‘ldi.

Olimpiadada 306ta medallar shodasi o‘ynaldi, ishtirokchi delegatsiyalar soni bo‘yicha rekord natija qayd etildi - 206. Kosovo va Janubiy Sudan terma jamoalari ilk marta Olimpiada ishtirokchisi bo‘lishdi.

Olimpiadaning oxirgi kunida 12ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi.

Voleybol, erkaklar
1. Braziliya
2. Italiya
3. AQSh

Yengil atletika, erkaklar, marafon
1. Eliud Kipchoge (Keniya)
2. Feyisa Lilesa (Efiopiya)
3. Galen Rapp (AQSh)

Gandbol, erkaklar
1. Daniya
2. Fransiya
3. Germaniya

Basketbol, erkaklar
1. AQSh
2. Serbiya
3. Ispaniya

Badiiy gimnastika, guruh mashqlari
1. Rossiya
2. Ispaniya
3. Bolgariya

Mauntinbayk, erkaklar, kross
1. Nino Shurter (Shveytsariya)
2. Yaroslav Kulgavi (Chexiya)
3. Karlos Koloma (Ispaniya)

Erkin kurash, erkaklar, -65 kg
1. Soslan Ramonov (Rossiya)
2. Togrul Asgarov (Ozarbayjon)
3. Frank Chamizo Markes (Italiya)
3. Ixtiyor Navro‘zov (O‘zbekiston)

Boks, ayollar, -75 kg
1. Klaressa Shilds (AQSh)
2. Nauxka Fonteyn (Niderlandiya)

Boks, erkaklar, -52 kg
1. Shahobidin Zoirov (O‘zbekiston)
2. Misha Aloyan (Rossiya)

Erkin kurash, erkaklar, -97 kg
1. Kayl Frederik Snayder (AQSh)
2. Xetag Gazyumov (Ozarbayjon)
3. Magomed Ibragimov (O‘zbekiston)
3. Albert Saritov (Ruminiya)

Boks, erkaklar, -64 kg
1. Fazliddin G‘oibnazarov (O‘zbekiston)
2. Lorentso Kollazo Sotomayor (Ozarbayjon)

Boks, erkaklar, +91 kg
1. Toni Yoka (Fransiya)
2. Jozef Joys (Buyuk Britaniya)

Birinchi o‘rinni birinchi kunlardanoq reytingning eng yuqori o‘rnida joylashgan amerikaliklar egalladi.

Umumiy reytingning kuchli o‘ntaligi esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Rio-2016, medallar hisobi (jami-oltin-kumush-bronza)

1. AQSh – 121 (46-37-38)
2. Buyuk Britaniya – 67 (27-23-17)
3. Xitoy – 70 (26-18-26)
4. Rossiya – 56 (19-18-19)
5. Germaniya – 42 (17-10-15)
6. Yaponiya – 41 (12-8-21)
7. Fransiya – 42 (10-18-14)
8. Janubiy Koreya – 21 (9-3-9)
9. Italiya – 28 (8-12-8)
10. Avstraliya – 29 (8-11-10)

Mavzuga oid