Andijonda paralimpiyachilarni kuzatish marosimi o‘tkazildi
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlaridan yorug‘ yuz bilan qaytishdi. Endi navbat – XV Paralimpiya o‘yinlariga.
Musobaqalar dasturidagi yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi jamoa so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini Andijondagi sport majmualarida o‘tkazdi.
23 avgust kuni Andijon Olimpiya zaxiralari kolleji manejida jamoaning «Rio-2016»ga jo‘nab ketishi oldidan kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Anjuman ishtirokchilarini viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov qizg‘in muborakbod etib, respublika olimpiadachilarining Braziliyada qo‘lga kiritgan ajoyib yutug‘i haqida faxr bilan so‘zladi va paralimpiyachilarning ham katta g‘alabalarga erishishiga ishonch bildirdi.
Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi yengil atletikachilar va ularning murabbiylariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Koreyada o‘tkazilgan ParaOsiyo o‘yinlari g‘olibi va rekordchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi, andijonlik Mavlon Haydarov, farg‘onalik Dilafruz Ahmadjonova Rio-de-Janeyrodan medallar bilan qaytishga so‘z berishdi. Yengil atletika bo‘yicha respublika nogiron sportchilar terma jamoasi bosh murabbiyi Sardor Abdurahmonov so‘ngi mashqlar Andijonda muvaffaqiyatli o‘tgani uchun minnatdorlik bildirdi.
"Andijonda o‘tkazilgan yig‘in chog‘ida viloyat hokimligining doimiy e'tiborini yaqindan his etib turdik. Andijonlik olimpiadachilarning «Rio-2016»dagi olamshumul yutuqlari ko‘p jihatdan ana shunday e'tiborning mevasi ekanini aytib o‘tish joiz", – degan u.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024