Jamiyat | 11:26 / 24.08.2016
9191
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya sudi maktab o‘quvchilari darslarga niqobda kelishini man qildi

Germaniyaning Quyi Saksoniya yeridagi Osnabryuk shahri sudi musulmon diniga e'tiqod qiluvchi maktab o‘quvchilarining darslarga niqobda kelishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Independent nashri xabar bergan.

Gazetaning ma'lumotlariga ko‘ra, Osnabryukdagi Sophie Scholl Evening Gymnasium maktabining 18 yoshli o‘quvchisi gimnaziya rahbariyati unga niqob (ko‘z uchun kichik qirqilgan va boshni butunlay yopib turuvchi bosh kiyimi)da darslarga kelishini man etgani uchun sudga murojaat qildi. 

Maktab ma'muriyati qizning tashqi ko‘rinishi o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot qilishiga xalaqit bergani uchun bu qarorga kelganini ta'kidladi. Ularning fikricha, kommunikatsiya "nafaqat so‘zlardan, balki so‘zsiz komponentlar va tana tili"dan ham iborat.

Shahar ma'muriy sudi maktab o‘quvchisining da'vosini rad etdi. Qizning o‘zi esa OAVning keng ishtiroki tufayli qarorni tinglashga kelmadi.  

Xabarda ta'kidlanishicha, bu Germaniya maktablarida niqob taqishni man etuvchi birinchi qaror bo‘ldi.

Mavzuga oid