Jamiyat | 21:58 / 26.08.2016
10129
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik sayyoh klubga borib, tasodifan avtobus sotib oldi

Britaniyalik sayyoh Devid Litl Ibitsadagi klubda o‘tkazilgan kechadan keyin tasodifan Scania rusumidagi avtobusni sotib oldi. U bu haqda feysbukda ma'lum qilgan. 

Uning aytishicha, voqea 24 avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Litl ispan orolidagi tungi klubdan chiqib, smartfonini cho‘ntagidan olib, internetda qiymati 33,4 ming yevro turadigan avtobusni sotib olganini bilgan.

"Men bu yuz berganiga ishona olmayapman. Ibitsa hayotlarni barbod qiladi!", deb yozgan Litl. Uning xabari 43 ming layk va 5 ming repost yiqqan.

The Daily Mail nashri ma'lumotlariga ko‘ra, dijyey bo‘lib ishlovchi Litl avtobusni eBay orqali sotib olgan. Litlning aytishicha, avtobus unga umuman kerak emas, bundan tashqari, uning haydovchilik guvohnomasi ham yo‘q.

Britaniyalikning aytishicha, u klubga borishidan avval otasi uning smartfonida avtobuslarni tomosha qilib o‘tirgan. Lekin otasining ham avtobus sotib olish niyati bo‘lmagan.  

Litlning taxminicha, u mast holatda telefonida keraksiz amallarni bajarib yoki smartfoni cho‘ntagida bo‘lganda bexosdan tugmalarni bosib yuborib xaridni amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. Litl vaziyatni hal qilish uchun eBay bilan bog‘langan. 

 

Mavzuga oid