Dubayda ijtimoiy tarmoqdagi haqoratomuz izohlari sabab Hindiston fuqarosi ushlandi
Dubay politsiyasi zargarlik kompaniyasining Facebook'dagi sahifasida "nomaqbul izohlar" qoldirganlikda gumon qilib, Hindiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqida The National ma'lum qildi.
Izohlar zargarlik kompaniyasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Pokistonning mustaqillik kuniga bag‘ishlangan viktorina o‘tkazganidan so‘ng paydo bo‘ldi.
Kompaniya internetdagi jinoyatchilik bilan kurashuvchi departament politsiyachilari Dubayda istiqomat qiluvchi hindistonlikni qo‘lga olganliklari haqida ma'lum qildi.
BAAda 2012 yilda kiberjinoyatchilik haqidagi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, internetdagi qoidabuzarlik uchun 3 million BAA dirhamidan (817 ming dollar) iborat jarima pulidan tortib to umrboqiy qamoq jazosigacha belgilanishi mumkin.
Mavzuga oid
13:50 / 13.09.2024
Dubaydan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys majburan bekor qilindi
19:31 / 07.09.2024
Dubayda dunyodagi ikkinchi eng baland osmono‘par bino qurilmoqda
11:47 / 29.08.2024
O‘zbekiston Dubaydagi yirik biznes vakillarini xususiylashtirish loyihalariga jalb qiladi
08:30 / 16.08.2024