Jahon | 16:10 / 26.08.2016
8665
1 daqiqa o‘qiladi

Frants-Iosif yeri "Russkaya Arktika" milliy parki hisobiga o‘tib ketdi

"Russkaya Arktika" milliy parki hududi Frants-Iosif yeri oroli va unga mansub suv havzasining qo‘shilishi hisobiga 74, million gektarga kengaydi. Bu haqda Rossiya Tabiat vazirligi xabar bermoqda.

"Rossiya tabiat vazirligi tomonidan tayyorlangan mazkur qonun loyihasi RF hukumati raisi Dmitriy Medvedev tomonidan imzolandi. Park hududining kengayishi hududi 1,6 million gektar bo‘lgan Frants-Iosif yeri  va 12 dengiz miliga cho‘zilgan ichki suv havzalari hisobiga kengaydi", – deyiladi xabarda.

Vazirlik rahbari Sergey Donskoyning ma'lum qilishicha, "Russkaya Arktika" milliy parki Rossiyada eng katta qo‘riqlanuvchi hududga aylandi. Parkning hozirgi jami maydoni 8,8 million gektarni tashkil etmoqda.

Mavzuga oid