O‘zbekiston | 21:26 / 26.08.2016
59169
1 daqiqa o‘qiladi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan dam olish kuni ko‘chirildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida 2016 yil 4 sentabr yakshanba dam olish kuni 2016 yil 2 sentabr juma kuniga ko‘chiriladi.  

26 avgust kuni Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

2016 yil 4 sentabr yakshanba kuni ish kuni deb e'lon qilindi.

Mavzuga oid