Iqtisodiyot | 14:08 / 26.08.2016
11611
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning ikkita metallurgiya quvvati birlashmoqda

O‘zbekistonda metallurgiya sanoatining ikkita ishlab chiqarish quvvati – Chirchiqdagi O‘zbek zich qotishmali va issiqqa chidamli metallar ishlab chiqarish birlashmasi Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatiga qo‘shilmoqda. 

«Olmaliq TMK» AJ xabariga ko‘ra, mazkur birlashuv masalalari aksiyadorlarning 2016-yil 2-sentabrida bo‘lib o‘tajak navbatdan tashqari majlisida muhokama etiladi. 

«Olmaliq TMK» AJ o‘zining ishlab chiqarish quvvatiga ko‘ra, respublikaning yirik xo‘jalik birlashmalaridan biri hisoblanadi. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 28 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadigan kombinatning O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 2015-yilda 2,7 foizdan oshgan, uning respublika umumiy eksportidagi hissasi 1,8 foizni tashkil etgan. 

O‘zbek zich qotishmali va issiqqa chidamli metallar ishlab chiqarish korxonasi 60-yillik mehnat tajribasiga ega bo‘lib, volfram va molibden mahsulotlarini yopiq ishlab chiqarish texnologiyasi yordamida yetkazib beradi. 

Mavzuga oid