Jahon | 07:46 / 28.08.2016
7203
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda kimyoviy zavodda xlor tashqariga oqib ketdi
AQShning G‘arbiy Virjiniya shtatidagi kimyoviy korxonada suyuq xlor tashqariga oqib ketdi. Voqea oqibatida 2 kishi jarohat oldi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, voqea Proktor shahri yaqinidagi Marshal okrugida yuz bergan. Bir necha aholi punkti evakuatsiya qilinishi e'lon qilingan. Shuningdek, yaqin atrofdagi yo‘llar yopilgan.
"Marshal okrugidagi Axiall kimyoviy korxonasida vagon sisternadan suyuq xlor oqib ketgan", deyilmoqda xabarda.
Kimyoviy moddaning chiqib ketishi oqibatida zavod ustida zaharli bulut hosil bo‘lgan va u janubga tomon yo‘nalmoqda.
Voqea oqibatida 2 ishchi jarohat olgan, ular shifoxonalarga yetkazilganlar.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024