O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi Nyu-Yorkda bayram qilindi
28 avgust kuni AQShning Nyu-York shtati, Bruklin shaharchasidagi "Kaiser Park"da O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan "bog‘ sayili" (Uzbek Picnic) bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning barcha go‘shalarida bo‘lgani singari okean ortida ham eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lmish Mustaqillik ayyomi katta shodiyonalar bilan nishonlandi.
“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan bog‘ saylida katta qozonda palov tayyorlanib, tashrif buyurgan mehmonlarga ulashildi. Bir qator xonandalar tomonidan yangragan dilrabo kuy-qo‘shiqlar bayram ishtirokchilariga bir olam quvonch bag‘ishladi.
"Nyu-Yorkda Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram kechasi nihoyasiga yetdi, ammo bayram shukuhi bardavom bo‘lishiga ishonamiz", deydi bayram tashkilotchilaridan biri kun.uz saytiga bergan xabarida.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
20:37 / 31.07.2024
O‘zbekistonda YouTube’ga kirish sekinlashgani aytilgan xabarlar rad etildi
23:00 / 13.06.2024