Sport | 22:33 / 30.08.2016
7422
2 daqiqa o‘qiladi

US Open musobaqasida elektron tablo qulab tushdi

US Open musobaqasida ishtirok etayotgan fransuz tennischisi Gael Monfisga o‘yin vaqtini ko‘rsatib turuvchi elektron tablo tushib ketdi. Hodisa aks etgan videolavhalarni 29-avgust kuni Federico Coppini o‘zining YouTube kanaliga joylagan.

Frantsuz tennis ustasi musobaqaning birinchi bosqichida Lyuksemburg vakili Jil Myullerni 6:4, 6:2, 7:6 (7:5) hisobida dog‘da qoldirgan edi. Ushbu bahsning ikkinchi seti boshida Monfis qiyin to‘pni to‘siqlar yonida qaytarishga uringan va oyog‘i bilan tablo ustunini turtib yuborgan. Tennischi chap berishga ulgurgani bois, katta ekran uning oyog‘iga biroz tekkan. 

«O‘yinga berilgan vaqtda, hech narsani his qilmaysan. Shunchaki sakraysan. Men devorni ko‘rdim, omadim ham chopdi. Biroz og‘ridi, lekin men oson qutildim. Tablo mening to‘pig‘imga tushishi mumkin edi», — degan Monfis ATP rasmiy saytiga bergan intervyusida.,


 

Mavzuga oid