OAV: Tojikiston maxsus kuchlarining sobiq boshlig‘i IShID harbiy qo‘mondonligiga boshliq bo‘ldi
Tojikiston maxsus kuchlarining sobiq boshlig‘i Gulmurod Xalimov IShID harbiy qo‘mondonligiga boshliq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Alsumaria telekanali.
Ta'kidlanishicha, u bu lavozimda Abu Umar ash-Shishaniy sifatida ma'lum bo‘lgan, sobiq gruziyalik harbiy Tarxan Batirashvili o‘rnini egalladi. Ma'lum qilinishicha, ash-Shishaniy mart oyida aviazarba bilan yo‘q qilingan.
Manbaning aytshicha, Xalimovning boshliq etib tayinlanishi unga ham zarba berilishi mumkinligi xavotiri sababli rasman e'lon qilinmagan.
O‘tgan yil may oyida Tojikistonda yo‘qolib qolgan Xalimov Suriyada IShID safida ekanligi ma'lum bo‘lgan. Joriy yil avgustda AQSh uni tutish uchun mukofot puli va'da qilgan.
Mavzuga oid
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
18:54 / 28.09.2024
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga pasport olishda noqonuniy yordam bergan jinoiy guruh ushlandi
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024