O‘zbekiston | 18:24 / 05.09.2016
40098
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik shartnomasi imzolashi mumkin

Rossiya hukumati Vladimir Putinga O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik haqidagi shartnomani imzolashni taklif qilishi mumkin. Bu haqda hukumat rasmiy portaliga asoslanib, Sputnik agentligi xabar bergan.

Shartnoma matni federal normativ hujjatlar portalida e'lon qilingan. 

Ushbu shartnoma loyihasi Rossiya hukumati, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa aloqador federal organlar hamda O‘zbekiston mutasaddi vakillari tomonidan tasdiqlangan.

"Rossiya Federatsiyasi prezidentiga ushbu shartnomani imzolash taklif qilinsin", deyilgan shartnoma loyihasida.

Mavzuga oid