Afg‘onistonda sodir etilgan qo‘poruvchiliklar qurbonlari soni oshmoqda
Afg‘oniston poytaxtining mamlakat mudofaa vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan ikkita portlashda qurbon bo‘lganlarning soni 35 nafarga yetdi. Jarohatlanganlar soni 103 kishini tashkil etmoqda, deya xabar qilgan Reyter agentligi mudofaa vazirligi matbuot kotibi Muhammad Radmanesh bayonotiga asoslangan holda.
Avvalroq, 30 kishining hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, 5 sentabr kuni Qobulda ikki nafar xudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborgan edi. Terakt qurbonlari orasida yuqori lavozimli harbiy mulozimlar, xususan Afg‘oniston prezidenti qo‘riqlash xizmati rahbarining o‘rinbosari Zaman Ahmadzoy qurbon bo‘lgan. Keyinroq, poytaxtda CARE gumanitar tashkilotini nishonga olgan uchinchi portlashda bir kishi halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
16:56 / 10.09.2024
“Tolibon” davlatchilikni qanchalik uddalayapti?
12:46 / 10.09.2024