Jamiyat | 10:12 / 07.09.2016
6329
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh yanvarda Eronga 1,7 mlrd dollar naqd pul to‘lagan

AQSh hukumati shu yilning yanvar oyida Eronga, amalga oshmay qolgan harbiy bitim uchun tovon sifatida 1,7 mlrd dollar naqd pul to‘lagan, mablag‘larning bari xorijiy valyutada amalga oshirilgan, deya xabar qilmoqda Assoshieyted Press agentligi.

AQSh moliya vazirligida izoh berishlaricha, buning sababi "Amerika va xalqaro sanksiyalar" bo‘lib, Eron xalqaro bank tizimidan uzilib qolganidir. 

Mazkur to‘lov puli 1970 yillar oxirida amalga oshishi lozim bo‘lgan, biroq bekor qilingan bitimga tovon sifatida berilgan. Tehron qurol-yarog‘lar uchun pulni to‘lagan, ammo o‘sha vaqtda Vashington pulni olgach, Eronda yuz bergan inqilob tufayli qurollarni yetkazib bermagan edi.

Shu yilning 17 yanvarida bitimning 400 million dollar miqdoridagi mablag‘i Eronga topshirilgan, shu kuni Vashington va Tehron o‘zaro mahbuslarni ayirboshlagan. Birmuncha muddat, Oq uy ma'muriyati bu faktni tan olmay keldi. Biroq, keyinchalik o‘z fuqarolari Eronni tark etmaguncha tovon pulini to‘laganini tan oldi. Shunday 19 yanvarda qolgan summa - 1,3 milliard dollar (Eronga to‘lagan pul foizlari) ham Eronga to‘langan. 
 

Mavzuga oid