Huffington Post: Klintonga ovoz berish – Rossiya va Xitoy bilan urushishga ovoz berishdir
AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton Amerikaning va boshqa mamlakatlaridan o‘ziga xosligiga ko‘r-ko‘rona ishonishi barobarida urushlar olib borish siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi, shunga ko‘ra, u Xitoy va Rossiya bilan qurolli mojaro keltirib chiqarishi ham mumkin, deb yozmoqda Huffington Post sharhlovchisi Bryus Feyn.
"Agar siz, Rossiya va Xitoy halqlariga ozodlik, adolat, qadr-qimmat va sivilizatsiyani yetkazish borasida “ilohiy vazifa”ni bajarish lozim va buning uchun ularga qarshi Kongress tomonidan e'lon qilinmagan urush zarur, deb hisoblasangiz, prezidentlik uchun demokratlar nomzodi Hillari Klintonga ovoz bering", — deydi Feyn. Uning xotirlashicha, demokratlarning "Qo‘shma Shtatlar — insoniyat lokomotivi, dunyoning boshqa qismi — tormoz vagonlari" degan qat'iy ishonchi qachonlardir Vetnam urushiga olib kelgandi.
Muallif Klintonning avgust oyida Amerika legioni oldida qilgan ma'ruzasini yodga olib, uning agressiv ohangdagi, vatanparvarlarning eng nozik joyidan olgan holda, tashqi siyosatdagi qarashlarini izhor qilganini ta'kidlaydi.
Klinton xonim, o‘shanda AQShning "o‘ziga xos" va "tengi yo‘q" mamlakat ekanligini qayd etib, butun dunyo va xalqlar AQSh yetakchiligini kuzatib turganini, Vashington o‘zining "yuqoridan belgilangan" vazifasini bajarmay qo‘ysa, jahon boshboshdoqlik va tartibsizlik girdobida qolishi mumkinligini katta ishonch bilan qayd etgan edi.
"Har holda, 1776 yilda Yer sayyorasida AQSh degan davlat paydo bo‘lgunicha ham minglab yillar davomida dunyo mavjud bo‘lgani Klinton xonimni unchalik ham o‘ylantirmaydigan ko‘rinadi", — deya qayd etadi muallif.
Klintonning tinchlik, taraqqiyot va erkinlik tushunchalari haqidagi qarashi qanday ekanini, uning senator, davlat kotibi va AQSh prezidentligiga nomzodligi vaqtidagi faoliyatlaridan ham bilsa bo‘ladi.
"U urushlarni, ya'ni Afg‘oniston, Iroq, Yaman, Somali va Liviyada insonlarni qasddan o‘ldirishga qonuniy tus berishni qo‘llab-quvvatlagan va shunday qilmoqda", — deyiladi maqolada. AQShning bu mamlakatlardagi harbiy mojarolarga aralashuvi esa, tartibsizlikka barham berishi o‘rniga uni kuchaytirdi xolos
"Klinton davlat kotibi lavozimida ishlagan vaqtlarda Ukrainadagi tuzumni ag‘darishga rejissyorlik qildi, shundan so‘ng, yangi hukumatga harbiy yordam berish fikrini himoya qildi. U, shuningdek, Rossiya manfaatlari doirasiga kiruvchi Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polshada Amerika harbiylari sonini kengaytirishni ma'qullaydi".
Rossiya va Xitoyga chin ma'noda “maydon o‘qish” nimalarga olib kelishini tasavvur qilish uchun tarix sahifalarida ma'lumotlar yetarli. Xususan, XXR Koreya yarimorolidagi urush davrida, AQShning kuch ishlatishi haqidagi tahdidlaridan so‘ng, general Duglas Makartur armiyasiga 3 mln kishilik harbiy va fuqarolardan iborat yirik kuchni yuborgan edi. SSSR esa, o‘z vaqtida AQShning Turkiya va Italiyada yadro kallaklarini joylashtirganiga javoban Kubaga raketalarini olib borgandi.
Shunday ekan, Hillari Klinton Rossiya, Xitoy va yoki har qanday tormoz vagoni bo‘lishni istamagan davlat bilan urush qilishga tayyor.
"Men sizni ogohlantirdim", — deya xulosa qiladi Feyn.
Mavzuga oid
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
10:31