Jamiyat | 09:51 / 08.09.2016
49993
1 daqiqa o‘qiladi

Siz bu matematik boshqotirmaning to‘g‘ri javobini topa olasizmi?

Hammasi 17 avgustda boshlandi - ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Najib Taj o‘zining Facebook'dagi sahifasida boshqotirmali rasm qo‘yib, uning tagida yozuv qoldirdi. Bir oydan kam vaqt ichida ushbu post 500 mingdan ortiq izoh va 13 ming "repost"ga ega bo‘ldi.

Masalaning murakkabligi nimada?

Umuman olganda, anglashmovchilik bir necha sababga ko‘ra yuzaga keladi.

Birinchidan, bu masalaning so‘nggi satrida "×" belgisini o‘tkazib yuborish oson.

Ikkinchidan, oxirgi qatorda faqatgina bitta taqa va bir etikligini hamma ham ilg‘ay olmaydi.

Uchinchidan, ko‘pchilik dastavval ko‘paytirish amali bajarilishini unutib qo‘yadi.

Hali-hanuz masala yechimini topa olmayotganlar uchun mazkur boshqotirma hal qilinuvchi video mavjud.

Mavzuga oid