O‘zbekiston Markaziy banki 3ta bankning litsenziyalarini qayta rasmiylashtirdi
O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi 3ta tijorat bankining Bosh litsenziyalar blanklarini almashtirib berdi.
"O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarori asosida 3ta tijorat bankining manzili o‘zgarganligi munosabati bilan ularga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya va chet el operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziyalar blanklari almashtirib berildi", deyilgan xabarda.
Bular quyidagilar:
«Invest Finance Bank» ATB — 100029, Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi, 1-uy
«KDB Bank O’zbekiston» AJ — 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro ko‘chasi, 3-uy
«Ipoteka-bank» ATIB — 100000, Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uy.
Mavzuga oid
17:46 / 12.09.2024
Ipotekabankning xususiylashtirilishi: davlat bloklovchi ulushidan voz kechgan
20:32 / 19.07.2024
Ipotekabank jarimaga tortildi – Raqobat qo‘mitasi
10:22 / 10.07.2024
Raqobat qo‘mitasi Ipotekabankka nisbatan ish qo‘zg‘atdi
19:00 / 08.12.2023