O‘zbekiston | 18:04 / 11.09.2016
18074
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning «Orzu layneri» ilk xalqaro reysni amalga oshirdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Boeing 787-8 samolyoti Olmaota aeroporti qabul qilgan ilk Dreamliner bo‘ldi.

Milliy aviakompaniyaning «Orzu layneri» 9 sentabr kuni soat 19:00da Toshkent aeroportidan uchib, Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroportiga muvaffaqiyatli ravishda qo‘ndi.

Aviakompaniya matbuot xizmati ma'lum qilishicha, yangi laynerni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi xodimlari, aeroport rahbariyati, mahalliy vazirlik va idoralar, OAV vakillari kutib olgan.

«Olmaota xalqaro aeroporti Boeing-787-8 Dreamliner rusumidagi samolyotni ilk marotaba qabul qildi va xizmat ko‘rsatdi», — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi yangi Boeing-787-8 Dreamliner samolyotini 5 sentabridan boshlab ekspluatatsiya qila boshladi. 

5—6 sentabr kunlari yangi layner «Toshkent — Urganch», «Urganch — Buxoro», «Buxoro — Toshkent» yo‘nalishlari bo‘ylab parvozlarni amalga oshirdi.

Dreamliner 7 sentabr kuni ilk bor Navoiyga, 9 sentabr kuni Nukusga uchdi.

Mavzuga oid