Jahon | 11:12 / 12.09.2016
5515
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya va Germaniya YeI mudofaa siyosati bo‘yicha loyiha ishlab chiqish tashabbusini bildirishdi

Fransiya va Germani Mudofaa vazirlari Jan-Iv Le Drian va Ursula fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogeriniga ittifoqning mudofaa siyosati bo‘yicha loyiha ishlab chiqish tashabbusi bildirilgan maktub yo‘llashgan. Bu haqda Figaro nashri xabar tarqatgan.

Hujjatda 3ta taklif alohida ko‘rsatilgan: Xavfsizlik siyosati va umumiy mudofaa siyosati bo‘yicha Yevropa Ittifoqi tomonidan tasdiqlangan operatsiyalarni soddalashtirishni kengaytirish; YeI tomonidan qabul qilingan, ammo rivojlantirilmagan qarorlarga yangi surat baxsh etish; sanoat va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik hisobiga YeIning strategik muxtoriyat ekanini tasdiqlash.

Bu takliflar 16 sentabr kuni Bratislavada Yevropa kengashi tomonidan muhokama etiladi. Unda Buyuk Britaniya vakili ishtirok etmaydi.

Mavzuga oid