Rossiya TIV: Toshkent mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyatni to‘la nazorat qilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning vafoti ushbu mamlakat va uning atrofidagi vaziyatga salbiy ta'sir etayotgani yo‘q, degan fikrni bildirmoqda RF prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo masalalari bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov.
"Mening fikrimcha, bu O‘zbekiston va uning atrofidagi harbiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi", — degan Kabulov "Rossiya segodnya" tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
"(O‘zbekiston) Rahbariyat vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda", — deya qo‘shimcha qilgan diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Karimovning vafotidan so‘ng, mamlakatdagi vaziyat yuzasidan turli mish-mishlar tarqaganiga qaramay, "hozircha, ular buning uddasidan chiqa olmayapti", — deb qayd etgan Kabulov.
Diplomatning aytishicha, buning bosh sababi shundaki, respublika rahbariyati, xususan prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev "o‘zini oqlagan siyosatni saqlab qolish va uni davom ettirishni xohlagan".
Mavzuga oid
18:54
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga pasport olishda noqonuniy yordam bergan jinoiy guruh ushlandi
20:26 / 27.09.2024
Ukraina sudi Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlarini musodara qildi
18:06 / 27.09.2024
Toshkentdagi maktabda boshlanib vazirlar darajasiga chiqqan mojaro – nimalar bo‘ldi?
12:00 / 27.09.2024