Iqtisodiyot | 22:07 / 13.09.2016
26715
1 daqiqa o‘qiladi
«O‘zbekneftegaz» rahbari 6 yil ichida ilk marta «Gazprom»ga keldi
«O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi rahbari Alisher Sultonov «Gazprom» rahbari Aleksey Miller bilan uchrashdi. Bu haqda kompaniya sayti xabar bergan.
«Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, gap O‘zbekistondan tabiiy gaz xarid qilish masalasida bo‘ldi. Shuningdek, investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish xususida gaplashildi», — deyilgan xabar matnida.
Qayd etilishicha, «O‘zbekneftegaz» rahbari oxirgi marta 6 yil muqaddam, 2010 yilning aprelida «Gazprom»ga tashrif buyurgandi. O‘shanda kompaniya rahbari Ulug‘bek Nazarov hisoblanardi.
Mavzuga oid
07:30
«Gazprom neft» O‘zbekistonda yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurishi mumkin
21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi
20:34 / 29.08.2024
«Gazprom» Markaziy Osiyo mintaqasiga gaz yetkazib berish hajmini ikki barobar oshirdi
19:16 / 02.08.2024