Jahon | 12:36 / 14.09.2016
9645
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda atom elektrostansiyasi sotuvga qo‘yildi

AQShning Alabama shtatida ikkita reaktorli, qurib bitkazilmagan Bellefonte atom elektrostansiyasi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda stansiyaga ega kompaniya Tennessee Valley Authority’ga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, obekt narxi 36,4 mln dollarga baholangan.

"Bu biz sotayotgan birinchi AESdir, biz avval bunday qilmaganmiz. AES oxirigacha qurilmagan, reaktorlardan biri 50 foizga, ikkinchisi 90 foizga qurib bitkazilgan", deb ma'lum qildi kompaniya vakili Skott Fidler.

Uning aytishicha, atom stansiyasi energiya ishlab chiqarish uchun yaroqsiz. Uning ta'kidlashicha, AESga yondosh hududning umumiy maydoni 6,4 kvadrat kilometrni tashkil qiladi, unda bir nechta ombor uchun xonalar va idora binosi bor.

Fidlerning aytishicha, AES savdosida xorijiy kompaniyalar AESni iqtisodiy rivojlantirish rejalarini taqdim qilgan holda ishtirok etishlari mumkin.
 

Mavzuga oid