Jamiyat | 12:53 / 14.09.2016
14607
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston kompaniyasi alyuminiy ishlab chiqarish prognozini o‘zgartirdi

Tojikistondagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri, alyuminiy zavodi (TALCO) ushbu metallga bo‘lgan narxning pastligi tufayli, ishlab chiqarish prognozlarini o‘tgan yilgi ko‘rsatkichgacha o‘zgartirdi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi kompaniya rahbariyatidagi manbasiga asoslangan holda. 

"Biz prognoz ko‘rsatkichlarni o‘tgan yilgi raqamlarga yaqinlashtirgan holda qayta ko‘rib chiqamiz", - degan agentlik suhbatdoshi.

Avgust oyida Tojikiston iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligi taxminlarga ko‘ra, 2016 yilgi alyuminiy ishlab chiqarish hajmi 11 foizga o‘sib, 156.000 tonnani tashkil etishi xabar qilingan edi. 
 

Mavzuga oid