O‘zbekiston Mosshoes Xalqaro poyabzal ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston charm-poyabzal korxonalari uyushmasi uchinchi marta Mosshoes Xalqaro poyabzal, aksessuarlar va tarkibiy materiallar ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma 12-16 sentabr kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqida "O‘zbekcharmpoyabzali" uyushmasining matbuot relizida ma'lum qilindi.
Uyushma tomonidan maxsus tanlab olingan O‘zbekistonning yetakchi charm-poyabzal korxonalari o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishadi. Ularning orasida - erkaklar, ayollar, bolalar, sport va maxsus poyabzallar ishlab chiqaruvchilari, shuningdek terini qayta ishlash korxonalari, charm va boshqa tarkibiy materiallar ishlab chiqaruvchilari mavjud. 13 sentabr kuni ko‘rgazmada "O‘zbekiston kuni" tashkillashtirildi, uning doirasida O‘zbekiston charm-poyabzal korxonalari uyushmasi va Rossiya charmchilar va poyabzalchilar ittifoqining forumi bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonning charm-poyabzal sohasida 252 kompaniya faoliyat yuritadi. Uyushma prognoziga ko‘ra, 2016 yilda charm poyabzal eksporti hajmi 17 million juftni tashkil qiladi - bu umumiy poyabzal ishlab chiqarishning 60 foizi demakdir. Eksportning umumiy sanoat hajmi 2016 yilda 251 million AQSh dollariga yetishi kutilmoqda, 2025 yilga borib, bu ko‘rsatkichni 9 barobar ko‘tarish rejalashtirilgan.
"Hukumat ushbu sohani rivojlantirishga katta e'tibor qaratmoqda, - dedi Uyushma kengashi raisining o‘rinbosari Sheraliyev Sh.E. - 2016 yilda sohani rivojlantirishga oid 264 loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda, buning natijasida 207ta yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratiladi, 57 korxona esa texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilinadi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimizda taxminan 3100 yangi ish o‘rni yaratilishi hamda jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi kengayishiga imkon beradi".
Mavzuga oid
13:19 / 03.07.2024
150 million so‘mga sotilgan suratlar - Toshkentda “Orzu” xayriya ko‘rgazma-auksioni bo‘lib o‘tdi
14:51 / 29.06.2024
Toshkentda “Orzu” xayriya ko‘rgazmasi davom etmoqda
10:38 / 24.06.2024
"Orzu" ko‘rgazmasi: Ko‘zi ojiz bolalarning orzulari sun’iy idrok nigohida
14:14 / 18.06.2024