Nazarboyeva Qozog‘iston davlat rahbarining vorisi ekani xususidagi mish-mishlarga javob berdi
Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi senatori, Qozog‘iston prezidentining qizi Dariga Nazarboyeva, u amaldagi davlat rahbarining vorisi ekani to‘g‘risidagi xabarlarni asossiz deb baholadi.
Senat a'zolari Nazarboyevani yuqori palataning xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy qo‘mitasi raisligiga saylashdi.
"Men o‘zimni vataniga sodiqlik bilan xizmat qilayotgan inson va prezidentimiz jamoasining a'zosi deb bilaman. Bilasizmi, bu masaladagi turli fol ochishlar shunchaki mish-mishdan boshqa narsa emas", — degan Nazarboyeva jurnalistlarning, u o‘zini otasining vorisi sifatida ko‘rayaptimi?, mazmunidagi savollariga javob berar ekan.
Uning qayd etishicha, mazkur masala xususida rostidan yolg‘on ma'lumotlarni ko‘p uchratish mumkin.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024